
APLda noyabrning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar e’lon qilindi
Angliya Premer Ligasining noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyligiga nomzodlar nomi ma’lum qilindi.
Noyabr oyi yakuni bo‘yicha eng yaxshilar orasiga Yurgen Klopp ("Liverpul"), Brendan Rojers ("Lester"), Nunu Eshpiritu Santu ("Vulverxempton") va Kris Uaylder ("Sheffild Yunayted") kiritildi.
Ma’lumot uchun, g‘olib muxlislar va mutaxassislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan holda aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard oktyabr oyida tengsiz deb topilgandi.
Fikrlar