APLni tark etgan navbatdagi jamoa ma’lum bo‘ldi

  • 3 aprel, 2019, 01:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gap shundaki, "Fulxem" Angliya Premer-ligasi 33-turi doirasida safarda "Uotford"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Skott Parker shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 17 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.

Tecno

E’tiborlisi, "Fulxem"ning oliy divizionda qolish imkonini beradigan 17-o‘rindagi bilan oradagi ochkolar farqi 16 taga etdi. Ya’ni jamoa o‘zining kelgusi beshala bahsni o‘z foydasiga hal qilsada, yakunda Premer-ligani tark etishi aniq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar "Xaddersfild Taun"ning ham APL bilan xayrlashishi muddatidan oldin ma’lum bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!