
APLning 3 grand klubi "Barselona" hujumchisini nishonga oldi
Angliya Premer-ligasining 3 ta top klubi "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi hisoblangan Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda.
Xabaringiz bor, Ferran yana "ko‘k-anorranglilar" safida yaxshi formaga qaytib olmoqda. Bir necha mavsum davom etgan beqaror o‘yinlardan so‘ng, valensiyalik vinger o‘zining eng yaxshi formasini qaytarib, Flikning rejalarida muhim o‘rin egallay boshladi. Uning tezligi, driblingi va fidoyiligi yana klub va terma jamoada e’tibordan chetda qolmadi.
"Fichajes" nashrining xabariga ko‘ra, Premer-liganing uch klubi – "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Aston Villa" unga katta qiziqish bildirmoqda. Biroq, eng faollik ko‘rsatayotgan jamoa "Aston Villa" bo‘lib, Unai Emeri Ferranni o‘zining hujum tizimiga mukammal mos tushadigan futbolchi deb hisoblaydi va transferga ruxsat bergan.
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli hujumchi joriy mavsum kataloniyaliklar tarkibida 32 ta bellashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar