APLning 3 ta grandi 19 yoshli turk futbolchisi uchun kurash boshladi

  • 03.06.2019 18:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Shtutgart” klubi himoyachisi Ozan Kabak faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli turkiyalik futbolchiga «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda APL grandlari ushbu futbolchini “Galatasaroy”da o‘ynab yurgan paytlaridanoq ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan.

Eslatib o‘tamiz, Kabak nemis klubiga joriy yilning yanvarida 9,9 mln funt evaziga kelib qo‘shilgan edi. Uning shartnomasiga ko‘ra tovon puli 13,2 mln funtni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Kabak o‘tgan mavsum Bundesligada jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!