APLning ikki klubi "Barselona" yarim himoyachisi uchun kurashadi

  • 20 avgust, 16:48
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado "Vest Xem"ga o‘tishi mumkin.

"The Guardian" nashrining xabar berishicha, London klubi Kataloniya klubi yarim himoyachisini transfer qilish bo‘yicha taklif bergan. Shuningdek, jamoa "Sautgempton"ning 21 yoshli futbolchisi Mateus Fernandeshni ham o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirib, u bo‘yicha ham taklif bergan.

Tecno

Ma’lum qilinishicha, Kasadoga "Vulverxempton" ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, ingliz klublari ispaniyalik futbolchi uchun 30 million evro taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mark La Liganing o‘tgan mavsumida 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!