AQSh matbuotlari Habibni Maykl Jordanga qiyoslamoqda (FOTO)

  • 25 oktabr, 2020, 11:13
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Amerika matubotlari UFC engil vazn toifasining chempioni Habib Nurmagomedovni sobiq basketbolchi, "Chikago" klubining afsonasi Maykl Jordanga qiyoslamoqda.

Rossiyalik jangchi "UFC 254" doirasida Jastin Getjini mag‘lub etganidan so‘ng, faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

"Habib oktagonning markazida yig‘ladi. Maykl Jordan otasining vafotidan so‘ng, qo‘lga kiritgan sovrinini juda ham yodga solib yubordi," - deb yozdi ESPN jurnalisti Ariel Xelvani.

Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov 2020 yilning 3 iyul kuni 57 yoshida vafot etgandi.

Jordanning otasi 93 yoshda qa’zo qilgandi. O‘sha yili ketma-ket uchinchi sovriniga erishgan "Chikago" basketbolchisi faoliyati yakunlanganligini e’lon qilgandi. 1995 yilda Jordan NBAga qaytib, yana 3 ta chempionlikni nishonlagan.

ElIqFkpXUAEuFRmElIqF9fXYAAfxjZ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!