
AQSh terma jamoasining sobiq futbolchisi 35 yoshida hayotdan ko‘z yumdi
AQSh terma jamoasi va “Los-Andjeles Gelaksi” klubi sobiq yarim himoyachisi Kolin Klark kecha 35 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Hozircha uning bunday to‘satdan sodir bo‘lgan o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Klark AQSh terma jamoasiga 2009 yil chaqirilgan va 1ta o‘yinda maydonga tushgan. U shuningdek “Xyuston Dinamo” va “Kolorado” kabi klublarda to‘p surgan.
Fikrlar