
Arab shayxlari “Chelsi”ning uch futbolchisini “Nyukasl”ga olib keladi
Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” Angliya premer-ligasi etakchilaridan hisoblangan “Chelsi”ning uch nafar o‘yinchisini o‘ziga og‘dirib olmoqchi. Arab shayxlari o‘z rejasini amalga oshirish uchun pulni ayamaydigan bo‘lyapti.
“Nkasl” xo‘jayinlari birinchi navbatda Konor Gallaxerni nishonga olgan. Yosh yarim himoyachi mavsumni ijara asosiyda “Kristal Pelas”da o‘tkazmoqda. Tomas Tuxel kelasi mavsum oldidan uni asosiy tarkibga qo‘shmoqchi.
Shuningdek, “qarg‘alar” Ross Barkli va Ruben Loftus-Chikni o‘z safiga chorlamoqda. Bu ikki o‘yinchi “Chelsi”ning asosiy tarkibiga kirishga qiynalmoqda va etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Londonni tark etishga tayyor.
Tomas Tuxel bu shogirdlaridan faqatgina Ross Barkli qo‘yib yuborishga rozilik bergan. Klub uni yanvarda 20 million funtga sotishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar