Arablardan Messiga so‘nggi taklif: Uch yillik shartnoma, dahshatli summa!

  • 07.06.2023 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Al-Hilol” rahbariyati Lionel Messini qo‘lga kiritish uchun urinishlarini davom ettirmoqda.

Lionel Messi “Inter Mayami” taklifini qabul qilib, AQShga ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko‘payib borayotgan bir paytda Saudiya Arabistoni klubi argentinalik yulduzga yangi taklif jo‘natdi.

Ma’lumki, saudiyaliklar avvaliga Messi uchun har mavsum 400 million evro maosh va’da qilib, keyinchalik ikki yilda unga 1,2 milliard evro to‘lanishini bildirgandi. Messi bu chorlovni qabul qilmadi.

COPE nashri jurnalisti  Elena Kondisning ta’kidlashicha, “Al-Hilol” Lionel Messiga yangi taklif yuborib, uch yillik shartnoma va jami 1,5 milliard evro maosh berishini ta’kidlagan.

Manbaga ko‘ra, argentinalik yulduz hali javobini aytmadi. Aslida 35 yoshli hujumchi Osiyoga borishga tayyor. Biroq, rafiqasi Antonella farzandlarini G‘arbda ta’lim olishini istab, Saudiyaga borishga ko‘nmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!