Arauxo mundialga bora oladimi?

  • 30.09.2022 12:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo hamon Urugvay terma jamoasi tarkibida jahon chempionatiga borishdan umidvor.

Futbolchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi, shu tufayli, himoyachi JChda o‘ynash imkoniyatini amalda yo‘qotdi. Jurnalist Xavi Migelning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar Arauxoga dekabrgacha maydonga qaytishi mumkinligini aytishgan. Biroq, 23 yoshli himoyachi uchun ustuvor vazifa tezroq tiklanib, safga qaytish. Agar iloji bo‘lsa, u Qatardagi jahon chempionatiga ham borishni xohlamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Ronald Arauxo joriy mavsum “Barselona” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!