
Arazlagan agent “Manchester Yunayted” o‘yinchisini boshi berk ko‘chaga tiqib qo‘ydi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Donni van de Bek yanvar oyida boshqa jamoaga o‘ta olmaydi.
- Niderlandiyalik futbolchi yozda uni “Everton”ga ijarasini hal qila olmagan agenti Gvido Albers xizmatlaridan voz kechib, oktyabr oyida boshqa mutaxassis Ali Dursan bilan hamkorlikni boshlagan edi.
Biroq, Albers o‘z mijozini 18 oy muqaddam imzolangan shartnomadan ozod qilmagani bois, yangi agent Donnining transferi bo‘yicha ish boshlay olgani yo‘q.
Qishki transferlar vaqtida Donni van de Bekning biror jamoaga o‘tishi amri mahol. Dursan transfer shartlari bo‘yicha muzokara o‘tkazish vakolatiga ega emas, chunki futbolchi avvalgi agenti bilan shartnoma orqali bog‘langan.
Ularning ikki yillik kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi. Agar biror o‘zgarish bo‘lmasa, o‘yinchi Manchesterda qolishga majbur, - deb yozmoqda Daily Mirror nashri.
Fikrlar