Arbeloa “Real” yulduzidan xursand

  • 17.02.2026 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2025 yilning yozida “Liverpul”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold uchun Madrid superklubidagi faoliyat biron qiyin boshlandi.

Tajriba­li himoyachi mushak jarohatlari sababli 21 o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Trent sekin-asta o‘z sport formasiga qaytmoqda. U dekabrdan beri birinchi bor boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va “Real”ning “Real Sosьedad” jamoasiga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan uchrashuvida golli uzatma qayd etdi.

Madridliklar bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa 27 yoshli angliyalik futbolchining mahoratiga yuqori baho berdi.

- Trent haqida yangi narsalarni kashf qilishga hojat yo‘q. U o‘yinni juda yaxshi tushunadi, maydonni ko‘ra oladi va biz uchun bunday o‘yinchilar juda muhim. U faqat to‘p uzatish bilan cheklanmaydi, markaziy pozitsiyalarda ham o‘ynay oladi. Biz bunday o‘yinchilarga ega bo‘lganimizdan baxtiyormiz, - dedi Alvaro Arbeloa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!