Arbeloada "Real" futbolchilari bilan muammolar boshlandi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa allaqachon kiyinish xonasida bosim ostida qolmoqda. Bu haqida El Larguero xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ba’zi futbolchilar Arbeloni vaqtinchalik murabbiy deb hisoblamoqda, u bilan yaxshi tomonga hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Qayd etilishicha, jamoa Chempionlar ligasi doirasidagi "Benfika"ga (2:4) qarshi o‘yinda Dani Sebalyos maydonga tushmaganidan hayron bo‘lgan. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, "Rayo Valyekano"ga (2:1) qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumani futbolchilar bilan ko‘plab kelishmovchiliklar tufayli qoldirilgan edi.
Arbeloa "Real"ni shu yilning yanvarida qabul qilib, Xabi Alonsoning o‘rnini egallagandi. 22-turdan so‘ng "qaymoqranglilar" 54 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar