Argentina darvozasini qo‘riqlagan posbonga qotillik bo‘yicha ish ochildi

  • 28.02.2021 16:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni Pablo Kavalero qamalishi mumkin. Mashhur futbolchi o‘zining avtomashinasida odam urib yubordi.

Voqea joyida halok bo‘lgan kishi 56 yoshli Xuan Riveroi ekani aniqlandi.

Ayni paytda huquq-tartibot organlari avtohalokat sabablari o‘rganish maqsadida tegishli tekshiruvlarni o‘tkazmoqda. Sobiq darvozabonga qotillik bo‘yicha jinoiy ish ochilgani ma’lum qilindi.

Pablo Kavalero Argentina terma jamoasi safida 26 ta marta maydonga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!