Argentina termasi o‘yinchisi shu paytgacha futbolda uchramagan jarohatga yo‘liqdi

  • 23 yanvar, 2021, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fenerbahche” sharafini himoya qilayotgan Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Diego Perotti futbolda kuzatilmaydigan jarohatga yo‘liqdi va faoliyatini erta yakunlashi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan yilning noyabrida “Beshiktosh”ga qarshi o‘yinda shikastlangan futbolchiga “tizza paylarining to‘liq uzilishi” tashxisi qo‘yildi. Ilgari hech qaysi futbolchi bu darajada jiddiy jarohat olmagan.

- Dunyoda bu turdagi jarohat kuzatilgan sakkizta holat ro‘y bergan. Shulardan ettitasi avtohalokat oqibatida yuzaga kelgan va birinchi bor futbolda shunday bo‘ldi. Operatsiyadan keyin tiklanish jarayoni sakkiz oygacha cho‘zilishi mumkin. Perottining kelajagi bo‘yicha bir to‘xtamga tegilishimiz kerak, - dedi “Fenerbahche” sport direktori Emre Belezo‘g‘li.

Diego Perotti Turkiya jamoasiga qadar “Roma”da o‘ynagan va Argentina terma jamoasida besh bor maydonga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!