
Armaniston futbol federatsiyasi prezidenti nega iste’foga chiqdi?
Armaniston futbol federatsiyasi (FFA) prezidenti Artur Vanetsyan Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Italiyaga qarshi o‘yinda uchralgan 9:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqarildi.
Ta’kidlash kerakki, Vanetsyan ushbu lavozimda 2018 yilning sentyabridan buyon ishlab kelayotgan edi.
“Mag‘lubiyat uchun javobgarlikni kimdir o‘z bo‘yniga olishi kerak. Men iste’fo berdim, ijroqo‘m a’zolari esa buni qabul qilishdi”, - deydi Vanetsyan.
23 dekabr kuni FFA da navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda tashkilotga yangi prezident saylanadi.
Fikrlar