“ArMI—2022”: “Qurolsoz usta”dan yana bir rekord

  • 23 avgust, 2022, 16:14
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Markaziy harbiy okrug “Forish” poligonida “ArMI—2022” o‘yinlari doirasida o‘tkazilayotgan “Qurolsoz usta” musobaqasining to‘rtinchi — “O‘q-otar qurollar biatloni. Estafeta” bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi terma jamoalari bellashdilar.

Musobaqa sharti to‘rt nafardan iborat harbiy xizmatchilar estafeta ko‘rinishida navbati bilan ta’mirlash poligonidagi 5,45 millimetrli AKS-74 avtomatini, 7,62 millimetrli PKM pulemyotini, 40 mm RPG-7V granatamyotini va 9 mm BERETTA pistoletini to‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish hamda ushbu qurollardagi nosozliklarni aniqlab bartaraf qilish, shuningdek, uzoqligi 600 metr masofadan iborat otish marrasiga yugurib borib, maydonda paydo bo‘luvchi sun’iy nishonlarni yakson qilish va ta’mirlash poligoniga etib kelishdan iborat.

Shiddatli bellashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi 43 daqiqa 37 soniya natija bilan birinchi, Rossiya Federatsiyasi terma jamoasi 49 daqiqa 07 soniya natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Shu bilan birga, jamoamiz ishtirokchisi kapitan Ravshanjon Majidov “BERETTA” pistoletidan aniqlikka o‘q otish bo‘yicha 47 ball to‘plab “Eng ilg‘or pistoletchi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lish barobarida 2021 yil Eron terma jamoasi vakillari tomonidan o‘rnatilgan 44 ballik rekordni yangiladi.

Hisobda bugungi kunga qadar “Qurolsoz usta” jamoamiz to‘rtta bosqichda musobaqa o‘tkazib, to‘rtta birinchi o‘rin va oltita rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Navbatdagi so‘nggi bosqichda ham ulardan faqat g‘alaba kutib qolamiz.

Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!