Arnais "Barselona" safidagi debyut o‘yinidayoq gol kiritdi

  • 25 oktabr, 2017, 10:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Xose Arnais o‘zining asosiy jamoadagi debyut o‘yinidayoq gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Gap shundaki, 22 yoshli futbolchi kecha bo‘lib o‘tgan “Mursiya”ga (3:0) qarshi Ispaniya kubogida uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 57-daqiqada jamoadoshi Denis Suaresning uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Ma’lumot uchun, Arnais kataloniyaliklar safiga joriy mavsum boshida “Valyadolid” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan vaqt mobaynida “Barselona B” jamoasida 8ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!