“Arsenal” 105 yil kutilgan natijaga erishdi

  • 05.11.2025 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning “Arsenal” klubi futbolchilari Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich  to‘rtinchi turida Chexiyada “Slaviya” bilan kuch sinashib, Mtkel Merinoning dubli va Bukayo Sakaning goli evaziga 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Opta statistika markazining ma’lum qilishicha, “kanonirlar” bu natija orqali Angliya futbolining katta rekordini takrorladi.

Mikel Arteta shogirdlari barcha turnirlarda qatorasiga sakkizta uchrashuvda gol o‘tkazmagan holda g‘olib chiqdi.

Bu natijani ilgari faqat ikki klub ko‘rsatgan. 1889 yili “Preston” va 1920 yili “Liverpul” jamoalari sakkizta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan holda g‘olib chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!