
"Arsenal" 3-liboslar to‘plamini namoyish qildi (FOTO)
Londonning “Arsenal” klubi yangi 2019/20 yilgi mavsumda foydalanadigan 3-libosini namoyish qildi.
“Kanonirlar”ning texnik hamkori hisoblangan Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan ushbu ekipirovka to‘q ko‘k rangda tayyorlangan. Yozuvlari esa sariq rangli harflardan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Unai Emeri shogirdlari kecha APLning ilk turida mehmonda “Nyukasl”dan (1:0) ustun kelishdi.
Fikrlar