“Arsenal” barcha zamonlar rekordini o‘rnatdi
Evropa Chempionlar ligasa umumiy bosqichi sakkizinchi turida Londonning “Arsenal” klubi o‘z maydonida Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu “aristokratlar”ning qit’aning eng nufuzli turniridagi ketma-ket sakkizta g‘alabasi bo‘ldi va Mikel Arteta shogirdlari mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha klub tarixidagi barcha zamonlar rekordini yangiladi.
Squawka ma’lumotiga ko‘ra, “to‘pchilar” tarixda ilk bor Chempionlar ligasida qatorasiga sakkiz marta g‘alaba qozonishni uddalagan.
Mikel Arteta shogirdlari dastlabki yettita o‘yinda “Atletik” (2:0), “Olimpiakos” (2:0), “Atletiko” (4:0), “Slaviya” (3:0), “Bavariya” (3:1), “Bryugge” (3:0) va “Inter”ni (3:1) mag‘lub etgan edi.
“Arsenal” yuz foizlik natija – 24 ochko bilan jadvalda birinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga chiqdi. “Qayrat” esa bir ochko bilan turnirni oxirgi – 36-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar