
“Arsenal” beodob futbolchisini qimmatga sotmoqchi
London klubi bosh murabbiyi Mikael Arteta bilan chiqisha olmayotgan Matteo Genduzi boshqa jamoaga o‘tishi kutilmoqda.
“Arsenal” 21 yoshli frantsiyalik futbolchining transferini 44,5 million evroga baholamoqda. Londonliklarning Genduziga qimmat narx belgilashiga uni olmoqchi bo‘lgan “Barselona”, “Vilyarreal” va "Lion” qatoriga moddiy jihatdan ancha baquvvat bo‘lgan PSJning qo‘shilgani sabab bo‘ldi.
Matteo yakunlangan mavsumda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta golli pas oshirgan edi. Yozda Genduzi tartib-intizom qoidasini buzgani va ishga sidqidildan yondashmagani uchun Mikel Arteta tomonidan mashg‘ulotlardan chetlatilgan edi.
Fikrlar