
“Arsenal” besh futbolchini sotuvga qo‘ydi va yana uchtasining kelajagi aniq emas
“Arsenal” rahbariyati asosiy tarkibning besh nafar futbolchisi bilan xayrlashishga tayyorligini bildirdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “kanonirlar” yarim himoyachilar Villan, Lukas Torreyra va Ris Nelson, hujumchi Eddi Nketia, himoyachilar Sead Kolashinats va Eynsli Meytlend-Nailz bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Bundan tashqari, mashhur futbolchilardan Ektor Belerin, Aleksandr Lyakazett va Per-Emerik Obameyangning jamoadagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda.
“Arsenal” yangi futbolchilar – “Real” yarim himoyachisi Martin Edegor va “Sheffild Yunayied” darvozaboni Aaron Remsdeyl transferini e’lon qildi.
Fikrlar