
“Arsenal” bir yulduz uchun “Barsa”ga ko‘pmillionlik taklif beradi
“Arsenal” yozgi transferlar vaqtida “Barselon” hujumkor futbolchisi Rafinyani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Mirror nashrining yozishicha, “kanonirla” 27 yoshli braziliyalik o‘yinchini olish maqsadida kataloniyaliklarga ko‘pmillionli taklif tayyorlamoqda. “Barselona” Rafinyani 50 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligi aytilmoqda.
Kataloniya superklubi bi o‘yinchini ikki yil muqaddam “Lisd”dan 58 million evroga transfer qilgandi. “Barselona” xo‘jayinlari bu yoz tarkibga Evropa chempionati qahramonlari – Nikol Uilyams va Daniel Olmoni qo‘shib olishga urinmoqda. Bu transferlarni amalga oshirish va o‘yinchilarni qaydnomadan o‘tkazish imkoniyaga ega bo‘lish uchun klub tarkibdagi ayrim qimmatbaho futbolchilarini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Rafinyaning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Har ikki qanotdan hujum uyushtira oladigan braziliyalik forvard o‘tgan mavsum 37 ta uchrashuvda 10 ta gol va 13 ta assist qayd etdi.
Fikrlar