
"Arsenal" chempion futbolchini oladi
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘zining ustozi – Xosep Gvardiola shogirdlarini o‘z jamoasiga olishni davom ettiradi.
Ispaniyalik mutaxassis bu gal “Manchester Siti”dan Kelvin Fillipsni taklif qilmoqchi. Arteta 27 yoshli futbolchi maydon markazini mustahkamlashiga ishonyapti.
“Kanonirlar” bu tranferni yanvar oyida amalga oshirmoqchi.
Fillips hozirgacha Premer-liganing uchta uchrashuvida maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
Yarim himoyachining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan. Uning transfer narxi 32 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar