"Arsenal" Eze uchun qancha summa taklif qilayotgani ma’lum

  • 26 iyul, 02:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" jamoasi "Kristal Pelas" futbolchisi Eberechi Ezeni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda "The Independent" xabar bermoqda.

Tecno

London klubi futbolchi uchun 68 million funtlik to‘lovni amalga oshirmasdan, muzokara orqali uni 60 million funt evaziga olishga umid qilmoqda. Manbalarga ko‘ra, “Pelas” ham bu taklifni ko‘rib chiqishga tayyor va klublar o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar bitimning osonroq kelishilishiga yordam beradi.

Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan, ammo futbolchiga yaqin manbalar kelishuv yaqin haftalarda amalga oshishini taxmin qilmoqda.

27 yoshli Eze o‘tgan mavsum APLda 34 o‘yinda maydonga tushib, 8 gol va 8 assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!