“Arsenal” Frantsiya chempionatidan “yangi Messi”ni sotib olmoqchi

  • 7 iyul, 2022, 14:47
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lill" yarim himoyachisi Edon Jegrova "Arsenal"ning qiziqishlari doirasiga tushdi.

23 yoshli xavbek o‘tgan yili 6 million evro evaziga Shveytsariyaning “Bazel” klubidan “Lill”ga ko‘chib o‘tgan edi. U atigi bir mavsumdan keyin futbolchi nafaqat Frantsiya chempionatida, balki Evropaning boshqa top ligalari vakillarida ham iliq taassurot qoldira oldi.

Hozirda o‘z tarkibini yanada kuchaytirayotgan “kanonirlar” Edonni o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokara boshlamoqchi. Futbolchiga klub bosh murabbiy Mikel Artetaning shaxsan o‘zi qiziqish bildirgan.

Jegrova o‘tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 13 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” nashri xabariga ko‘ra, uning narxi 5 million evroni tashkil qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, futbolchi chap oyog‘i bilan yaxshi o‘ynay olish qobiliyati sababli Lionel Messi bilan taqqoslanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!