
"Arsenal" futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi xavbeki Muhammad Elneni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Fotospor nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli misrlik futbolchining xizmatlariga "Beshiktosh" klubidan qiziqishlar bo‘lmoqda. Turk klubi uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Muhammad Elneni joriy mavsum “Arsenal” safida 14ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar