"Arsenal" futbolchisini boshqa jamoaga ijaraga bermoqchi

  • 14 yanvar, 2021, 23:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Latsio" hamda "Valensiya" klublari "Atletiko"da ijara asosida to‘p surayotgan "Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra uchun kurash boshladi.

Tecno

AS nashrining yozishicha, "Arsenal" urugvaylik futbolchining “matraschilar” safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab uni boshqa klubga ijaraga bermoqchi. Unga esa "Sevilya", "Torino" va "Fiorentina" ham xaridor.

24 yoshli Torreyra joriy mavsum “Atletiko” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!