"Arsenal" ham Mbappeni tekinga olib kelishga harakat qilib ko‘radi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun APLning yana bir klubi kurashga qo‘shildi. 

Jurnalist Dunkan Kastlesning xabar berishicha, frantsiyalar forvardni "Arsenal" ham o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi. Londonliklar 30 iyunda shartnomasi yakunlanadigan futbolchini erkin agent maqomida klubga olib kelish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda. 

Avvalroq, "Liverpul" jamoasi Mbappeni yozda tekinga qo‘lga kiritmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!