"Arsenal" haydagan hujumchi oltita superklubdan taklif oldi

  • 25 yanvar, 2022, 22:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang tez orada klubni tark etadi va uzoq vaqt ishsiz qolmaydi.

Tecno

Xabaringiz bor, gabonlik to‘purarning bosh murabbiy Mikel Arteta va klub xo‘jayinlari bilan munosabati buzilgan. Onasini ko‘rgani Frantsiyaga ketib, aytilgan vaqtdan bir kun kech kelgan o‘yinchidan sardorlik vakolati olib qo‘yildi, o‘zi mashg‘ulotlar va rasmiy uchrashuvlardan chetlatildi.

Salomatligida yuzaga kelgan muammo tufayli o‘z yurti terma jamoasi safida Afrika Millatlari kubogida qatnasha olmagan 32 yoshli hujumni ayni paytda o‘ziga yangi jamoa tanlash bilan band.

Unga Evropaning o‘zidan oltita taklif borligi aytilmoqda. Obameyang boshqa qit’adan bo‘layotgan chorlovlar uni qiziqtirmasligini bildirdi. Ayni paytda mashhur to‘purarga PSJ, “Barselona”, “Milan”, “Yuventus”, “Sevilya” va “Marsel” ish berishga tayyor turibdi.

Obameyang joriy mavsumda “Arsenal” safida 15 marotaba maydonga tushib, ettita gol urdi va bir juft assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!