
"Arsenal" himoyachisi uchun mavsum muddatidan avval yakunlangan bo‘lishi mumkin
"Arsenal" klubi himoyachisi Kalum Chembersning jarohati o‘ta jiddiy bo‘lib chiqdi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchining tizza paylari uzilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Agar ushbu tashxis to‘g‘ri chiqsa u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Chembers joriy mavsum “Arsenal” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar