
“Arsenal” ikki hujumchisidan voz kechmoqchi
Londonning “Arsenal” klubi yozda Leandro Trossard va Gabriel Martienellini sotishi mumkin.
Mikel Arteta keyingi mavsum yaxshiroq natijaga erishib, kuboklar yutish uchun yozgi transferlar oynasida hujumchi sotib olmoqchi. Hozirda Dyokeresh va Aleksandr Isak eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Klub mutasaddilar ushbu futbolchilardan birini jamoaga jalb qilish uchun bir necha hujumchilardan voz kechmoqchi.
“The Mirror” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, “to‘pchilar” jamoada joy bo‘shatish uchun Trossard va Martinellini sotishi mumkin. Manbaga ko‘ra, ikki vinger uchun Saudiyaning top klublari juda katta qiziqish bildirmoqda. Agarda yaxshi takliflar kelib tushsa, “kanonirlar” futbolchilarni qo‘yib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa, belgiyalik o‘yinchining shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar