"Arsenal" Irlandiyada 4 ta gol urdi (video)
UEFA Evropa ligasi guruh bosqichining so‘nggi 6-turida “Arsenal” Irlandiyada “Dandolk” klubi mehmoni bo‘ldi.
Ushbu o‘yin gollarga boy bo‘ldi. 6 ta gol kiritilgan bahs 2:4 hisobida “kanonirlar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Arsenal” safida Eddi Nketia (12'), Muhammad el-Nenni (18'), Jo Uillok (67') va Florian Balogun (80') gol muallifi bo‘ldi. Maydon egalarining ikki golini Jordan Flores (22') va Shon Xoar (85') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar