"Arsenal" Koutinoni sotib olmoqchi, ammo...
Londonning "Arsenal" klubi joriy yozgi transferlar davrida "Barselona" xavbeki Filippe Koutinoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “kanonirlar” uchun ushbu transferni amalga oshirishda futbolchining 11,5 million evrolik maoshi qiyinchilik tug‘dirmoqda. “Barselona” esa o‘z tarixidagi eng qimmat transfer hisoblangan Koutinoni sotib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Koutino joriy mavsumni “Bavariya”safida ijarada o‘tkazdi va 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar