"Arsenal" Lyakazett o‘rniga Angliya terma jamoasi hujumchisini oladi
Londonning “Arsenal” klubi “Everton”ning markaziy hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuinni ko‘zlamoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
“Kanonirlar” Angliya terma jamoasi a’zosini o‘zlarining frantsiyalik hujumchisi Aleksandr Lyakazett o‘rniga munosib nomzod sifatida qarashmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta 30 yoshli Lyakazettni tarkibda ko‘rishni xohlamayapti. Frantsuzning London klubi bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Dominik Kalvert-Lyuinning ayni damdagi transfer narxi 45 million evroga baholanmoqda. Agar u jamoani tark etsa, “Everton” uning o‘rnini “Aston Villa” forvardi Olli Uotkins bilan to‘ldirishi mumkin.

Fikrlar