
"Arsenal" Mxitaryanning transferiga "chegirma" e’lon qildi
"Arsenal" klubi rahbariyati jamoaning armanistonlik yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanning transfer narxini pastlatishga qaror qildi.
Mirror nashrining yozishicha, "kanonirlar" Genrixni joriy yozgi transferlar davridayoq sotib, undan keladigan mablag‘ni yangi futbolchilar sotib olishga sarflashmoqchi. Ular 31 yoshli Mixitaryanni 11,4 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Genrix Mxitaryan joriy mavsumni “Roma” safida ijarada o‘tkazmoqda. U bu mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar