"Arsenal" Obameyang o‘rniga zo‘r hujumchi topib qo‘ydi

  • 01.05.2020 12:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shotlandiyaning "Seltik" klubi forvardi Odsonn Eduar yangi mavsumni Angliya premer-ligasida boshlashi mumkin.

Express nashrining yozishicha, 22 yoshli futbolchi bilan "Arsenal" o‘z safini kuchaytirmoqchi. “Kanonirlar” uni yozda jamoadan ketishi kutilayotgan 30 yoshli gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang o‘rniga munosib ko‘rishmoqda va buning uchun “Seltik”ga 28,6 million evro to‘lashga tayyor.

Eduar joriy mavsum “Seltik” safida 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va 27 ta gol hamda 19 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!