"Arsenal" Obameyangning maoshini sezilarli darajada oshirmoqchi

  • 3 avgust, 2020, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Per-Emerik Obameyangga yangi shartnoma tayyorladi.

Tecno

Mirror nashrining yozishicha, “kanonirlar” shu yoz shartnomasi yakunlanadigan 31 yoshli gabonlik futbolchi uchun 2023 yilgacha tuzilgan yangi kelishuv taklif qilmoqda. Agar Obameyang buni imzolasa, yiliga 14,5 mln evro maosh oladi. Ta’kidlash kerakki, uning ayni damdagi maoshi 10,4 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Obameyang “Arsenal” safida 2018 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 108 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 70 ta gol hamda 15 ta golli uzatma yozib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!