
"Arsenal" o‘z maydonida "Aston Villa"ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi (video)
Angliya premer ligasining 8-turida “Arsenal” o‘z maydonida “Aston Villa”ni qabul qildi.
“Emireyts” o‘yingohida kechgan bellashuv kutilmaganda maydon egalarining 0:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan tugadi. Mehmonlar safida Olli Uotkins (72', 75') dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golni “kanonirlar” a’zosi Bukayo Saka (25' avtogol) o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar