
"Arsenal" portugaliyalik 22 yoshli himoyachi uchun 60 million sarflashga tayyor
"Arsenal" klubi "Sporting" himoyachisi Gonsalu Inasiuni sotib olishga tayyorlanmoqda. Bu haqda "A Bola" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, londonliklar 22 yoshli himoyachi uchun 60 million evro sarflashga tayyor. Uning tovon puli aynan shunchani tashkil etadi.
Joriy mavsumda Inasiu Portugaliya chempionatining 13 ta o‘yinida ishtirok etib, o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Uning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 30 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar