
"Arsenal" prezidenti Dyokeresh transferini hal qilish arafasida
Londonning "Arsenal" klubi portugaliyalik hujumchi Viktor Dyokereshni o‘z safiga qo‘shib olishni jiddiy rejalashtirmoqda. "BBC" nashrining xabariga ko‘ra, klubning sport direktori Andrea Berta ushbu transfer bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun Portugaliyaga, "Sporting" klubi rahbariyati bilan uchrashuvga borgan.
Manbaga ko‘ra, kelishuv yaqin kunlarda rasman e’lon qilinishi mumkin. Transfer bahosi taxminan 70 million funt (81 million evro) atrofida bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum davomida "kanonirlar" hujum chizig‘ida muammolarga duch kelgan va hatto markaziy yarim himoyachi Mikel Merinoni hujumchi sifatida maydonga tushirishga majbur bo‘lgan.
Ayni vaqtda 27 yoshli Dyokeresh so‘nggi mavsumda yuqori samaradorlik ko‘rsatib, 52 o‘yinda 54 ta gol urdi.
Fikrlar