
“Arsenal” Qudusni qanday qilib qo‘lga kiritmoqchi?
Gana terma jamoasining asosiy yulduzlaridan biri Muhammad Qudusga Evropaning bir qancha top klublari qiziqish bildirmoqda. Ular qatorida “Arsenal” ham bor. Shuningdek, “Liverpul” ham “Ayaks” vingerini sotib olishni maqsad qilib qo‘ygan.
“Football London” nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, “kanorirlar” ushbu transferni klub yarim himoyachisi Tomas Parti orqali amalga oshirmoqchi. 29 yoshli futbolchi Qudus bilan birgalikda Gana termasida faoliyat olib bormoqda.
Klub sport direktori Edu bu usulni oldin ham qo‘llagan. Aniqrog‘i, jamoa darvozaboni Reymsdeylni Bukayo Saka orqali o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi. Bu ikkala futbolchi Angliyaning yoshlar jamoasida to‘p tepishgan.
Eslatib o‘tamiz, Qudus Qatarda davom etayotgan mundialda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar