"Arsenal" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi
Londonning “Arsenal” klubi o‘tgan mavsum “Real”dan ijaraga olgan yarim himoyachi Martin Edegorni ortga qaytarmoqda. Bu haqda jurnalist-insayder Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “kanonirlar” norvegiyalik futbolchining transferini to‘liq sotib olmoqchi. Avvalroq “qirollik klubi” Edegorni 30 million evroga sotishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozirda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
“Arsenal” Edegorga 2026 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif qilmoqchi.
Martin o‘tgan mavsum APLda 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar