
"Arsenal" "Real" yarim himoyachisi uchun kurashda favorit
Sh artnomasi yakuniga etayotgan "Real" yarim himoyachisi Marko Asensio faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. "Todofichajes" nashrining xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar Londonning "Arsenal" klubi hisoblanadi.
Ingliz klubi rahbariyati ispaniyalik futbolchiga shartnoma taklif qilishga tayyor. Asensio hali "Real" bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgani yo‘q va shu sababli Londonga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Marko "qirollik klubi" jamoasida 2015 yilning iyulidan buyon o‘ynab kelmoqda. U joriy mavsumda La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar