
"Arsenal" Rossiya chempionidan futbolchi sotib olmoqchi
"Zenit" yarim himoyachisi Vilmar Barrios uchun Angliya premer-ligasining yana bir klubidan taklif bo‘lmoqda.
Jeunesfooteux tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun “Arsenal” ham kurash boshlagan. U "kanonirlar" safida Lukas Torreyra yoki Matteo Genduzini almashtirishi mumkin.
Vilmarning piterliklar bilan imzolagan shartnomasida tovon puli 30 million evro etib belgilangan. Unga esa "Nyukasl" va "Milan" ham xaridor bo‘lmoqda.
Barrios o‘tgan mavsum “Zenit” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning Rossiya chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar