"Arsenal" safardan yirik g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi

  • 19.12.2021 00:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

APL 18-turidan o‘rin olgan "Lids" - "Arsenal" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:4 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi. 

"Kanonirlar" safida Martinelli dubl qayd etdi. Shuningdek, Saka va Smit-Rou ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Bu gollarga Rafinya bir bora javob qaytara oldi. 

Shunday qilib, Arteta shogirdlari hisobidagi ochkolar sonini 32 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 4-o‘ringa mahkam o‘rnashib oldi. 16 ochkosi bor "Lids" esa 16-pog‘onani band etgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!