"Arsenal" Saliba transferi yuzasidan "Real"ga talab qo‘ydi

  • 19 aprel, 15:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi markaziy himoyachisi Uilyam Saliba "Real Madrid"ga o‘tishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar davom etmoqda.

Tecno

“Kanonirlar” asosiy futbolchisini sotmoqchi emas, shu sababli yaqin orada bu transfer amalga oshishi dargumon. "TodoFichajes" xabar berishicha, agar “Real” Saliba uchun katta miqdorda pul bilan birga Gyuler va Endrikni qo‘shib bersa, "to‘pchilar" muzokaralar o‘tkazishga tayyor bo‘ladi. Biroq, madridliklar fransiyalik himoyachi uchun 2 ta futbolchisini berishi ehtimoldan juda yiroqda.

"Transfermarkt" portaliga ko‘ra, Salibaning bozor qiymati 80 million evro, Arda Gyulerning — 45 million, Endrikning esa 40 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!