“Arsenal” sotuvga qo‘yadigan besh futbolchi ma’lum bo‘ldi
Kelasi yozda «Arsenal» Premier-liganing moliyaviy qoidalariga moslashish uchun asosiy tarkib yoki yaqin zahiradan kamida bitta futbolchini sotishiga to‘g‘ri keladi.
Bu haqida The Telegraph xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, sotilishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri — jamoa yarim himoyachisi va sardori Martin Edegor. Norvegiyalik pleymeykerning jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan munosabati buzilgan.
Shuningdek, klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari Itan Nvaneri va Maylz Lyuis-Skelli ham jamoani to‘liq tark etishi ehtimoli katta.
Bundan tashqari, katta ehtimol bilan qanot hujumchisi Gabriyel Martinelli va himoyachi Ben Uayt ham boshqa jamoalarga sotib yuborilishi kutilmoqda.
Fikrlar