"Arsenal" Tomiyasu bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 5 fevral, 2024, 19:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Takexiro Tomiyasu amaldagi shartnomasini uzaytirish bo‘yicha taklif oldi.

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, yaponiyalik futbolchi yangi shartnoma shartlaridan qoniqish hosil qilgan. U "kanonirlar"ning taklifiga rozi bo‘ldi. Tez orada kelishuv rasman e’lon qilinadi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi shartnoma ish haqi oshirilgan holda uzoq muddatga tuziladi.

25 yoshli osiyolik futbolchi 2021 yildan buyon "Arsenal"da o‘ynab kelmoqda. Tomiyasuning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!